Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Olimlar institutlar qanday shakllanishi va ularning farovonlikka ta’sirini o‘rganish yo‘nalishidagi ishlari uchun mukofotlandi.
2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. Mukofot “yadro qurollaridan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun” berildi.
Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta’sirli she’riy nasri uchun berildi.
Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon Jumper 2024-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘ldi. Olimlarga mukofot sun’iy intellektdan foydalanib, oqsillar tuzilishini aniqlagani va yangi turlarini yaratishdagi ishlari uchun taqdim qilindi.
Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi.
Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berildi.
2023-yilgi iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarning mehnat bozoridagi o‘rni va samaralari borasida tadqiqot o‘tkazgan Garvard universiteti iqstisodchisi Klaudiya Goldinga berildi.
2023-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashgan eronlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiga berildi. Muhammadi “davlatga qarshi tashviqot” uchun 2021-yildan beri qamoqda.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Yun Fossega “aytib bo‘lmaydiganlarni so‘zlatadigan novatorlik pesalari va prozasi uchun” berildi.
2023-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti kvant nuqtalarini kashf etgan va sintez qilgan olimlar — Mungi Bavendi, Lui Bryus va Aleksey Ekimovga berildi.
Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga berildi.
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini beruvchi mRNA sintezi texnologiyalarini ishlab chiqqan Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi.
Tinchlik bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti belaruslik huquq himoyachisi Ales Belyatskiyga, shuningdek, Rossiyaning «Memorial» va Ukrainaning «Fuqaro erkinliklari markazi» (Sentr grajdanskix svobod) kabi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlariga berildi.
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini 88 yoshli fransuz yozuvchisi Anni Ernoga topshirdi.
Kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlar Karolin Bertotssi va Barri Sharpless, shuningdek, daniyalik olim Deyn Morten Meldalga klik kimyosi va bioortogonal kimyo usullarini ishlab chiqqanligi uchun topshirildi.
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi fizika bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini olimlar Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga murakkab fotonlar bilan o‘tkazgan tajribalari uchun topshirdi.
Shvetsiyalik genetik Svante Paabo neandertal genomini ochganligi uchun tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
«Novaya Gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov 2021 yilda tinchlik bo‘yicha qo‘lga kiritgan Nobel mukofotini auksionga qo‘ydi. Boshlang‘ich narxi $700 minglik lot bir necha daqiqada $16,6 mlnga ko‘tarildi, yakunda esa $103,5 mlnga sotildi. Mablag‘lar ukrainalik qochqinlarning oilalariga yordam berishga sarflanadi.
Iqtisodiyot bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchilarga topshirildi. Devid Kard «mehnat iqtisodiyotini o‘rganishga», Joshua Engrist va Guido Imbens «sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishga» hissa qo‘shganliklari uchun e’tirof etildi.
2021 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressaga topshiriladi. Nobel qo‘mitasi ularning demokratiya va tinchlikning asosiy sharti bo‘lmish so‘z erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting